Zakovat savoli #31195
Shvesiyada “Kopimizm missionerlik cherkovi “ nomli hamjamiyat mavjud bo‘lib, u odamlar orasida ma’lumotlar almashinuvini erkin tarzda yo‘lga qo‘yish tarafdori hisoblanadi. Shvesiya qonunchiligi bu oqimni rasman din sifatida qabul qilgan. Hamjamiyat boshqa hamjamiyatlar singari o‘zining shiori va ramzlariga ega. Asosiy ramzi huddi In Yan tasviriga o‘xshash bo‘lib, doira ikki qora va oq qismlardan iborat. Har bir qismga 6 ta bir-biridan faqat bir simvolga farq qiladigan jumlalar yozilgan. Diqqat savol : Shu ikki jumlani yozib bering?
Javobni ko'rish
CTRL+C va CTRL+V Izoh: Kompyuter klaviaturasidagi CTRL va C tugmalarini bir vaqtda bossangiz – nusxa ko‘chirish, CTRL va V tugmalari esa – nusxa ko‘chirilgan ma’lumotni joylash funksiyalarini bajaradi.