Zakovat savoli #31191
Blits
1. Ushbu kompaniya 1946 yil tashkil etilgan bo‘lib, boshida Tokio telekommunikatsiya va industriya kompaniyasi yoki qisqacha Totsuko deb atalgan. Ammo amerikaliklar uchun talaffuz qilish qiyin bo‘lgani uchun keyinchalik kompaniyaga boshqa nom tanlashadi. Ushbu nom lotincha tovush yoki ingliz tilida “quyoshli bolalar, yosh daholar” ma’nosini anglatuvchi iboraning birinchi so‘zi degan variantlar mavjud. Ushbu kompaniya nomini yozib bering?
2. Ushbu ism rus tilidan boshqa Yevropa tillarga tarqalgan. Aslida bu so‘z yunonchada “donishmandlik” ma’nosini bildiruvchi qizlar ismining ruscha erkalash varianti bo‘lgan. Keyin esa mustaqil ism sifatida shakllangan. Agar siz Dostoyevskiyni yaxshi ko‘rsangiz, uning nazari bilan qarab ushbu ismdagi qahramonni ham sevib qolasiz. Ushbu ismni yozib beringm
3. Savol juda-juda ham qisqa. Sharq islom davlatlarida ko‘p uchrovchi bu ism asosan ikkinchi qiz farzandlarga qo‘yiladi. Ushbu ismni yozib bering?
Blits javoblari bitta postda qabul

Javobni ko'rish
1. Soni 2. Sonya 3. Soniya. Izoh: 2.Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romanida tanasini sotib kun ko‘radigan Sonya ismli qiz nihoyatda muhabbat bilan tasvirlanadi. 3. Arabchada soniya – ikkinchi degani. Qolaversa savol juda-juda qisqa deb, eng qisqa vaqt belgisi soniyaga ishora qildik.