Zakovat savoli #31185
⚠️Kunning oxirgi savoli
Ushbu insonning xizmatiga barchangizning ehtiyojingiz bor. Shu bois ushbu kasbning tojik tilida nomlanishi “alohida, xos, maxsus, o‘ta muhim ish bilan shug‘ullanuvchi kishi” ma’nosini bildiradi. O‘zbek tilida esa bu so‘z “xabar beruvchi, notiq” ma’nolarini ifodalaydi. Haqiqatdan ham ushbu insonlar xabar yetkazish barobarida, yaxshigina notiq, diplomat ham bo‘lishlari kerak. Yo‘qsa o‘zlariga yuklatilgan missiya bajarilmaydi. Savol: agar siz gap qaysi so‘z haqida borayotganligini topgan bo‘lsangiz, o‘zbek adabiyotida ushbu so‘z qatnashtirib yozilgan roman nomini yoki ushbu roman muallifini yozib bering?

Javobni ko'rish
“O‘zi uylanmagan sovchi” romani yoki muallifi Ahmad A’zam. Izoh: Gap sovchi so‘zi haqida borayotganligini anglagan bo‘lsangiz kerak. tojik tilida xos - alohida, maxsus, o‘ta muhim ma’nolarini bildiradi. Xoskor esa maxsus ish bilan shug‘ullanuvchi deganidir. O‘zbek tilida esa sovchi so‘zining o‘zagi qadimgi turkiycha sav – ya’ni xabar, nutq so‘zlaridan olingan.