Zakovat savoli #31168
“Обител зла - 4: “O‘limdan keyingi hayot” filmida bosh qaxramon Elis Alyaskadan qaytarkan o‘zining kichik samalyoti bilan zombilarga to‘lib ketgan Los-Anjeles shahridagi bir muassasa binosini tomiga qo‘nadi. Binoda besh oltita kishi jon saqlayotgan edi. Ushbu bino atrofi zombilar bilan o‘rab olingan bo‘lib u yerdan chiqib ketishning iloji yo‘q bo‘lgan. Filmda bir personaj Elis va boshqalarga ushbu binodan chiqib ketish yo‘li borligini aytadi. Savol: Agar siz Elis qanday muassasa tomiga qo‘nganini bilgan bo‘lsangiz, ushbu binodan chiqib ketish yo‘lini aytgan personaj qaysi roli bilan mashhurlikka erishganini toping?
Javobni ko'rish
Maykl Skolfild Izoh: Elis qamoqxonani tomiga qo‘ngan. Uentuort Miller esa “Побег из тюрми” teleserialida qamoqxonalardan qochishni rejalashtiradigan Maykl Skolfild roli bilan mashhur. Buni qarangki, “Oбител зла -4”da ham u bu ish bilan shug‘ullanishga urinib ko‘rgan.