Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31163

Zakovat savoli #31163

Rivoyatda aytilishicha M.Ulug‘bek, bobosi – Amir Temur taqdirini yulduzlar orqali bashorat qilib, o‘limdan saqlab qolgan. M.Ulug‘bek bobosining tole’nomasini aniqlab, o‘lim bilan bog‘liq xavf-xatar borligini ko‘radi, lekin aynan qanday turdagi xavf ekanligini bilmay turganida: «… minora koshini ko‘chib, tole’noma darajasi harfi ustiga tushib, uni ezib tashlaydi». Ushbu belgini ma’nosini to‘g‘ri tushungan M.Ulug‘bek bobosini aynan qanday xavfdan saqlash kerakligini tushunadi. Bu qanday xavf ekanligini siz ham ayting?
Javobni ko'rish

Zilzila Izoh: «Bobom hayotiga bo‘lgan xavf zilziladandur va u bir soat ichida bo‘lajak». Manba: X.Davron «Sohibqiron nabirasi» kitobidan.

Boshqa savollar