Zakovat savoli #31132
O‘rta asrlarda freskalar majmuasi odatda bir nafar rassom tomonidan emas, rassomlarning bir guruhi tomonidan ishlangan. Zamonaviy italiyalik san’atshunos Zanardining fikricha, freskalar ustida ishlash oddiy surat chizish jarayonidan tubdan farq qiladi. Ushbu fikrlarini ayta turib, mutaxassis bir o‘xshatish qiladi hamda boshqa bir san’at asarini yodga olib o‘tadi. Agar siz yuqorida qaysi san’at asari yodga olinganini topgan bo‘lsangiz, san’atshunos Zanardi fikrlarida kimni yodga olganini topib berishingiz lozim?
Javobni ko'rish
Uolt Disney Izoh: Zanardi freskalar bilan ishlashni multfilm yaratish bilan tenglashtirgan.