Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31117

Zakovat savoli #31117

Vikipediyaga ishonadigan bo‘lsak, O‘rta asrlarda ritsarlik turnirlarini dastlab shunday atashgan. Keyinroq, XVIII asrda esa xuddi shu ritsarlik turnirlariga tayyorlanish qurilmasi sifatida uning hozirgi shakliga o‘xshash ko‘rinishlari paydo bo‘lgan. Uni deyarli butun dunyoda uchratish mumkin, faqat u hozirda insonning bir davri bilangina bog‘liq deb aytishimiz mumkin. U haqidagi topishmoqda mashina, arava, raketa va albatta, ot ishtirok etadi. Agar nima haqida gap ketayotganligini fahmlagan bo‘lsangiz, aytingchi, uning AQSHdagisi Buyuk Britaniyadagidan qanday muhim farqqa ega?
Javobni ko'rish

Harakat qilish yo‘nalishi bo‘yicha. AQSHda soat strelkasiga qarshi, Buyuk Britaniyada soat strelkasi bo‘yicha.

Boshqa savollar