Zakovat savoli #31000
IKS lar urushi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida boshlangan. Bir tomon doimiylikni ma'qul ko'rsa, ikkinchisi buni rad etkan. Bir tomon ikkinchi tomonni shunday qoralaganki, hatto buni isbotlash uchun omma oldida jonivorlarni ham o'ldirgan. Bugungi kunni esa, ushbu urush asosiy qahramonlari "ishini" bir - birisiz va ularsiz tasavvur qilish juda qiyin. Ma'lumotlarga tayanib IKS ni bir so'zda ayting?
Javobni ko'rish
Tok Tomas Eddison doimiy elektr toki tarafdori bo'lgan, Nikola Tesla esa o'zgaruvchan elektr toki tarafdori va shu bilan birgaasoschilardan biri ham bo'lgan. Bugungi kunni esa, lampochkasiz va o'zgaruvchan elektr tokisiz tasavvur qilish qiyin.