Zakovat savoli #30744
Bir kuni Frans Kafka Berlin parklarining birida aylanib yurganda, qo'g'irchog'ini yo'qotib baland ovozda yig'layotgan qizchani uchratdi. Unga qo'g'irchog'ini topishda yordamlashishini va'da qildi. Qo'g'irchoq albatta topilmadi ammo Frans qo'g'irchoq nomidan yozgan xatini olib keldi. "Iltimos, mening yo'qligimdan xafa bo'lmang", . - Men dunyoni ko'rish uchun sayohatga chiqdim. Men sizga barcha sarguzashtlarim haqida yozaman." deyilgan edi. Ko'p o'tmay Frans sil kasalligi tufayli Venaga sanatoriyaga ketishi kerak edi. U qizaloq bilan uchrashdi va unga qo'g'irchoq sovg'a qildi. Albatta u yo'qolgan qo'g'irchoq emas edi. Qog'irchoqda bir yozuv ilova qilingan edi. Mantiqan o'ylab ko'ringchi Kafka qanday yo'l tutgan?
Javobni ko'rish
Qo'g'irchoqda "Sayohat meni o'zgartirdi" degan yozuv ilova qilingan edi. Qizaloq qo'g'irchog'i sayohatga ketib o'zgardi deb o'ylashi uchun.