Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #30549

Zakovat savoli #30549

Kim ekan sharpaday bekinib olgan?
Odamlar siridan voqif bo‘lishni,
Shubha tug‘dirmay, pinhon yurishni,
Hunar-u maqsad, niyat deb bilgan?
Demak, shu kasbning ilk harfini ol.

O‘zini o'rmon sohibi bilib,
Meva, asal, tana, baliq yeb
Tinim bilmay o‘kirgan.
Qishda esa ko'rinmay,
Panja so'rgan hayvon nomini esla.
O‘sha jonivor nomining ikkita harfini tanla.

Va nihoyat, magllarning qiziq asbobi,
Taxta yuzasida borki butoq jallodi
Nima ekan, shoshilmay obdan o‘yla.
Ikkita harfini olginu, barini qo'shib so'yla

Hosil bo‘lgan o‘sha so‘z hayvon nomin anglatar
Qucha olmaysan uni, tanangni teshib tashlar.
Garri Potterga SFINKS topishmog‘ini topishga yordamlashing, yo‘qsa unga qo'shilib sfinksga yem boʻlasiz?
Javobni ko'rish

Jayra Izoh: J (josus), AY (ayiq), RA (randa) = Jayra

Boshqa savollar