Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #30507

Zakovat savoli #30507

Muallif: Munira Haydarova

Savol: "O'tkan kunlar" asarida Kumush ikki marta unashtiriladi. Birinchisida- Otabekka unashtirilganda otasi undan rozilik so'rab o'tirmaydi. Otabekning nomidan kelgan taloq xatidan so'ng Kumushga yana sovchi keladi. Ammo bu safar otasi uning roziligini so'raydi ya'ni Kumushning ixtiyoriga qo'yib beradi. Nima uchun Qutidor 2-martada Kumushdan so'raydi?
Javobni ko'rish

"O'tkan kunlar" bizning milliyligimiz aks etgan asar hisoblanadi. Adabiyotshunoslar fikricha musulmonchilikda qiz bolada otaning haqqi bo'ladi. Shuning uchun 1-martada otasi ruxsat so'ramaydi. 2-martada Kumush turmush qurgan ayol hisoblanadi. Shuning u mustaqil qaror qabul qilishga haqli bo'larkan

Boshqa savollar