Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #30194

Zakovat savoli #30194

2013 yilda chiqarilgan “Qochish rejasi” filmining dastlabki qismida Rey Bresbin har qanday qamoqxonadan ustamonlik bilan qochishi haqida hikoya qilinadi. Lekin yangi bir qamoqxona loyihasi tajriba uchun yo‘lga qo‘yiladi. Qamoqxonada hech bir davlat ushlab turishni xohlamaydigan butun dunyodagi eng xavfli jinoyatchilar saqlanishi reja qilingan. Bu qamoqxonada mahbuslar asosiy vaqtini o‘z shaffof kabinasisa o‘tkazadi. Ovqatlanishda va ba’zi boshqa holatlarda bir bo‘limga to‘plab turiladi. Diqqat savol: mantiqan o‘ylab ayting, asirlar to‘planadigan bo‘lim qanday nomlangan?
Javobni ko'rish

Hamma mahbus to‘planadigan qismi Bobil deya nomlangan. Izoh: Savol matnida aytib o‘tildi. Mahbuslar bir qancha davlatlardan olib kelinadi. Turli millatga mansub mahbuslarning so‘zlashuv tili ham turlicha bo‘lgan.

Boshqa savollar