Zakovat savoli #30146
Birdan kechki soat sakkiz yarimda Alfa teleseriali boshlandiyu, kazarmada bir birini televizor qarshisiga chorlagan shov-shuv ko'tarilib ketdi. Ertasiga esa harbiy qismdagi 120 nafar askar 5-10 daqiqa oldin bittagina televizor qarshisiga kelib joylashib oldi. Boshlangach pashsha uchsa eshitiladi, hamma go'yo nafas olishi ham sustlashganday ekranga tikilib qolgan. Har kuni 17 kun, shu ahvol! Keyin eshitishimcha, serial boshlanganda hatto Moskva ko'chalarida ham odam siyraklashib qolgan ekan. Savol. Bu qaysi serial edi?
Javobni ko'rish
"Bahorning 17 lahzasi" teleseriali