Zakovat savoli #30115
Internetning bir sayti (online musiqa eshitish) har bir eshitilgan ashula uchun ashula egasiga qanchadir miqdorda pul bergan. Faqat ashula 30 sekunddan uzoq eshitilsagina. Bir gruppa o‘zining 10 ta ashuladan iborat albomini ushbu saytga joylaydi. Gruppa o‘z muxlislaridan ashulalarni kechasi tartib bilan eshitishini so‘raydi. Oradan bir hafta o‘tgach sayt ushbu albomni o‘chirib tashlashga majbur bo‘ladi, bu orada esa gruppa 20 ming $ ishlab olgan edi. Diqqat savol: savolga yaxshi e‘tibor bergan holda, gruppa qanaqa ayyorlik qilib 20 ming $ ishlab olganini aniq sababini ayting?
Javobni ko'rish
ashulalarning 30 sekunddan sal oshiqrog‘i jim-jitlik bo‘lgan. Savolga e‘tibor bergan bo‘lsangiz, sayt faqatgina 30 sekunddan ko‘proq eshitilgan ashula egalariga pul bergan.