Zakovat savoli #30047
Ptolemeylar hukumdorlik davrida Misr poytxatiga kirayotgan har qanday kemani sinchiklab tekshirishgan. Agar kemadan bir predmetni topishsa uni olib qo'yishgan va egasiga kompensatsiya to'lashgan. Diqqat savol: nimani zo'rlik bilan sotib olishgan?
Javobni ko'rish
Kitob. Izoh: Shu yo'l bilan Aleksandriya kutubxonasi boyitilgan. Ya'ni Misrga kirgan kitob qaytib chiqmagan.