Zakovat savoli #30036
Sankt-Peterburgdagi Qishki saroy qurib bo‘lingandan so‘ng, barcha saroy atrofidagi maydon axlat bilan to‘lgan edi. Pyotr III maydonni axlatdan oson va tekin tozalash uchun shunday yo‘l tutdi, natijada maydon 1 soat ichida top toza bo‘lib qoldi. Savol: Pyotr III qanday yo‘l tutgan?
Javobni ko'rish
Xalqqa, kim maydondan nima topsa o‘ziniki va tekin deb e‘lon beradi.