Zakovat savoli #29937
Hunarmandchilik va san'at muzeyining guvohlik berishicha, ilgari zamonlarda boy-boyvachchalarning 4 tagacha xotini bo'lgan. Agar yana uylanishni ixtiyor qilsa, 4 xotinidan xohlaganiga taloq bergan. Qizig'i shu yerdaki, taloq olgan xotin shu yerning o'zida ustiga paranjisi tashlanib, bu uyga qaytib kirmaydigan qilib haydab yuborilgan. Ushbu holatga to'rttala xotin ham tayyor bo'lib yurgan. Ayyor va puxta boy xotinlari bu jiddiy sinovga qanday ko'rinishda tayyor bo'lib yurganlar?
Javobni ko'rish
To'satdan taloqqa uchragan ayol shu turishida ko'chaga haydalgan. Nima kiygan bo'lsa, nima taqqan bo'lsa... Ayyor va puxta boy xotinlari noqulay bo'lsa ham doimo hamma taqinchoqlarini taqib yurishgan.