Zakovat savoli #29903
Gummiarabik qattiq massasini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi 80 foiz ulush Sudan davlati hissasiga to‘g‘ri keladi. AQSH ning Sudanga nisbatan e’lon qilgan sanksiyasiga javoban Sudan elchisi butun dunyoni gummiarabikdan mahrum qilishi mumkinligini aytib tahdid qiladi. Ushbu gaplarni aytayotganda elchining qo‘lida alfa bor edi. Bu bilan elchi AQSH ga o‘ziga xos shama qilgan edi. Alfa ning nomini Frenk o‘ylab topgan. Alfa ni toping?
Javobni ko'rish
Coca-cola Izoh: Gummiarabik – akatsiyaning turli xillaridan olinadigan va koka-kola tayyorlashda ishlatiladigan qattiq massa. Coca-cola 1886 yili farmasevt Pemberton tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, unga Frenk Robinson hozirgi nomni bergan.