Zakovat savoli #29901
Savol: Amir Temur davrida "plastik karta" vazifasini nima bajargan?
Javobni ko'rish
Hayvon Suyaklari Izoh: Amir Temur harbiy yurishlaridan birida qal’ani qamal etib uzoq qolib ketadi, natijada harbiy yurishlarda qo‘shin bilan olib yurgan pullari tugab qoladi. U Samarqandga – suyukli xotini va oqila maslahatchisi Bibixonimga chopar yo‘llab, xazinadan pul jo‘natishini so‘raydi. Biroq malika pul o‘rniga «Pulingiz tugasa siyosatingiz ham tugadimi?» degan javob xati berib choparni ortiga qaytargan. Uning javobidan so‘ng amir quyidagi yo‘l tutgan: yurishlarda so‘yib yeyilgan jonivorlarning suyaklariga muhrini qizdirib bosib, ularning hajmiga ko‘ra qiymatini belgilagan va shu suyaklarni tilla tanga o‘rnida vaqtincha ishlatishga farmon bergan. Ana shu suyak parchalariga qo‘shin uchun oziq-ovqat va kerakli narsalar olingan. Temur g‘alaba qozongach, aholi qo‘lidagi vaqtinchalik pullarni haqiqiy tangalarga almashtirib olgan.