Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29834

Zakovat savoli #29834

Gollandiyalik mashhur futbolchi Dennis Bergkampni ko‘pchilik tanisa kerak. Uning otasi ham futbolning ashaddiy muxlisi bo‘lgan va o‘g‘li dunyoga kelganida shotlandiyalik o‘sha vaqtlardagi mashhur futbolchi Denis Louning sharafiga o‘g‘liga Dennis deb ism qo‘yadi. Ammo e’tibor bilan qaralsa, Denis Lou ismida bitta “n” harfi bor, Dennis Bergkampda esa ikkita. Chunki otasi o‘g‘lining ismiga yana bitta “n” harfini qo‘shishga majbur bo‘lgan. Savol, buning sababi nimada edi?
Javobni ko'rish

Gollandiyada Denis ismi qizlar ismi hisoblanadi. Shuning uchun Den(n)is.

Boshqa savollar