Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29807

Zakovat savoli #29807

⚠️Kunning oxirgi savoli:

Ba’zi qiziqarli ma’lumotlarga ko’ra, yurtimiz hududida joylashgan ayrim qishloqlarda ba’zi odamlar, aniqrog’i erkaklar bir qo’lining bosh barmog’i tirnog’ini o’zlarining bir ishini yengillashtirish maqsadida atayin o’stirib yurishar ekan. Yordam tariqasida aytishim mumkinki, bu ularning kasbi bilan bog’liq ish emas va siz bu holatga har doim ham emas, ayni to’ylar mavsumi boshlangandagina duch kelishingiz mumkin.
Savol Aytingchi ular qaysi ishni yengillashtirish uchun shunday yo’ldan foydalanishadi?
Javobni ko'rish

Sabzi to'g'rash Izoh: Bilasiz, qishloqlarda sabzi to’g’rash va shunga o’xshash boshqa ishlar hashar yordami bilan amalga oshiriladi. Bu bilan ular nafaqat o’z ishlarini tezlashtirar, shuningdek uni ancha xavfsizlantirishar ham ekan.

Boshqa savollar