Zakovat savoli #29803
Bu hayvon o'zining antiqa xislati bilan mashhur! Bu hayvonning hislatlari paydo bo'lishiga uning oziqlanish ratsioni sabab bo'lgan! Eng ko'p tarqalgan 2 turining asosiy farqi - bittasida bir tana a'zosi 2 ta, boshqasida esa 3 ta! Gap qaysi hayvon haqida ketayotganini toping?
Javobni ko'rish
Yalqov (Ленивец) Yalqovning bu darajada sekin harakat qilishiga sabab, uning ozuqasi bo'lgan yaproqning qiyin hazm bo'lishida ekan! U organizm energiyasini iloji boricha ovqat hazm qilish uchun tejar ekan. Eng ko'p tarqalgan 2 turining asosiy farqi - barmoqlarida. Bir turda barmoqlar 2 ta bo'lsa, boshqasida 3 ta!