Zakovat savoli #29800
Bir kuni Stalinni oldiga SSSR ancha kutgan yangi luks mashina loyihasini olib kirishibdi. Stalin bu loyihani ko'zdan kechirib bo'lib, loyiha egalariga qarab "Buni narxi qancha ekan?" deb savol beribdi. Shunda loyiha egalari bu savolga bir og'iz ham javob qaytarishmabdi. Chunki ular mashinani nomini xato qo'yishganligini chunishgan edi. Shundan so'ng ular mashinaga boshqa siz bilan biz bilgan nomni berishgan. Savol: dastlab bu yangi mashinalar nima deb nomlangan edi?
Javobni ko'rish
Vatan (Родина). Izoh: Hozirda afsonaga aylangan "Pobeda" rusumlik mashinalarni birinchi nomi "vatan" (rodina) bo'lgan. Lekin Stalin ho'sh "Vatanni narxi qancha ekan?" deb savol berganda, mualliflar bu nom xato tanlanganini tushunishgan va uni hozir hammamiz biladigan Pobeda ga o'zgartirishgan.