Zakovat savoli #29787
Bu “til”ni dunyoning hamma davlatida biladilar, unda yozadilar, unda yozilganini o'qiydilar, tinglaydilar! Lekin bu tilning bittagina muammosi bor – bu tildagi tovushlarni talaffuz qilishga inson ojizdir. Qaysi til?
Javobni ko'rish
Notalar (musiqa tili) Izoh: Notalar tilida yozish, ularni o'qish va kuylarni tinglash mumkin. Lekin bu tildagi tovushlarni inson talaffuz qila olmaydi, bularni talaffuz qilish uchun musiqa asboblari kerak bo'ladi! (soqovlar tilida yozilganlarni tinglab bo'lmaydi!)