Zakovat savoli #29779
Bu uch haydovchi doimo birga. Do'mboqvoy tepsa-tebranmas, og'ir karvon bo'lsa ham, odamlar ko'zida uning obro'yi baland. Novchavoy esa aksincha, el xizmatida tinimsiz yelib yugursa ham, nimagadir hech kimning unga e’tibor berishga hafsalasi yo'q. Avvallari bu azamatlarning oshiqlari olcha ediyu, lekin so'nggi paytlarda juda qattiq raqobat tufayli bular el nazaridan qolishayapti. Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, biz tilga olmagan uchinchi haydovchining ismini ayting?
Javobni ko'rish
Daqiqa (Minut) Izoh: Gap soat millari haqida ketayapti! Do'mboqvoy -soat mili, Novchavoy (tezkor) sekund mili, biz tilga olmaganimiz daqiqa mili edi (Soatning boshqa strelkalari yozilgan javoblar inobatga olinmaydi)