Zakovat savoli #29775
Diqqat asardan parcha: “Bu buyuk jang. Jangni son-sanoqsiz janglarda tajriba orttirgan qo'mondonlar boshqarganlar. Jang taqdirini esa yaqindagina oddiy askarlikdan ofitser darajasiga ko'tarilgan Maykl Smitning qirolni asir olishi hal qildi”. Savol: aytingchi, qaysi xizmatlari uchun Maykl Smitning unvonini oshirishdi?
Javobni ko'rish
Taxtaning oxiriga borgani uchun! Izoh: Payqagan bo'lsangiz, savol shaxmat haqida edi. Shaxmatdagi oddiy askar qachon ofitserlikka ko'tariladi?