Zakovat savoli #29762
Bir adib o'z yangi asarini do'stiga yuboradi. Oradan bir necha kun o'tgach, sabri chidamagan adib do'stining asar haqidagi fikrini bilish uchun unga xat yozishga qaror qiladi. Lekin har bir so'zning qadrini yaxshi biladigan adibning savol yozilgan xati shunday qisqa bo'ladiki, dunyoda undan qisqa savol berilmagan bo'lsa kerak. Lekin do'sti ham undan qolishmas edi, u ham javob tariqasida adibnikidan uzun bo'lmagan xat yozadi. Siz menga bu yozishmani qayd qilib bera olasizmi?
Javobni ko'rish
? va ! Izoh: Adib yozmoqchi bo'lgan o'qidingizmi? qanday? yoqdimi? kabi savollarni bir belgi - ? belgisiga jamlaydi. Undan qolishmaydigan do'sti Ajoyib! Zo'r! Barakalla! kabi olqishlarini - ! belgisi bilan tasvirlaydi!