Zakovat savoli #29760
Dekster Xolland va Greg Krisel maktabda o'qib yurgan paytlari, maktab bitiruvchilari uchun konsert qo'yish maqsadida "Offspring" gruppasini tuzishadi. Ular gruppaga o'zlaridan 3 yosh katta, gitarist Vassermanni taklif qilishadi. Vasserman o'sha paytda maktab tozalovchisi bo'lib ishlagan, lekin rok yo'nalishi bo'yicha tajribasi yaxshi bo'lgan. Lekin Vassermanni "Offspring" gruppasiga boshqa bir maqsadda taklif qilishgan. Savol: Vassermanni aslida nima maqsadda gruppaga taklif qilishgan?
Javobni ko'rish
Vasserman voyaga yetgan hisoblanib, gruppadagi bolalarga alkagol ichimliklarini sotib olishi uchun taklif qilingan!