Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29740

Zakovat savoli #29740

Radbod - bu VII-VIII asrlarda franklarga qarshi kurashgan friz qabilasining qiroli. Kunlardan bir kuni Radbod unga qilingan bir taklifni inkor qilar ekan, Y ga qaraganda X ni xush ko'rishini, chunki franklarning basharalarini ko'rishga toqat qila olmasligini aytadi. SAVOL: X va Y ni toping?
Javobni ko'rish

Y - jannat, X - do'zax Izoh: qirolga xristianlikni qabul qilishni taklif qilishadi. Xristianlik kanonlariga ko'ra faqat xristianlar jannatga tushishadi, qolganlar esa do'zaxga. Franklar xristian edi. Qirol jannatda franklar bilan bo'lgandan ko'ra, do'zaxga tushganim yaxshi degan ekan

Boshqa savollar