Zakovat savoli #29690
Qadimgi Hindistonda shaxmatni “chaturanga” deb atashgan va uni to'rt kishi o'ynagan. Chaturanga so'zi “chatura” – to'rt va “anga” – jang tartibi degan ma'noni anglatadi. O'yinning bunday nomlanishida o'yinchilarning soni emas, boshqa bir sabab bor ekan. Savol: bu qanday sabab bo'lishi mumkin?
Javobni ko'rish
To'rtta asosiy qadimiy hind armiya turlari: piyoda, otliq, jang aravalari va jang fillari qatnashgani uchun.