Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #2969

Zakovat savoli #2969

2022-yil iyun oyida mahallalar oʻrtasida oʻtkazilgan Zakovat intellektual oʻyinining Respublika bosqichi so’ngi savolidan keyin “Sorisuv”, “Usmonobod” va “Yuqori soybo’yi” jamoalari mos ravishda uchinchi, to’rtinchi, beshinchi o’rinlarni qoʻlga kiritgan boʻlishsada yakunda shohsupani birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rinlarini egallashdi. Bunga sabab esa birinchi va ikkinchi oʻrinlarni olgan jamoalarning qoidalarni buzishi oqibatida turnirdan chetlatilgani boʻldi. Bu jarayonning bevosita guvohi bo’lgan savol muallifi inglizcha bir iborani yodga olgan. Iboraning kelib chiqishi 2002-yil Solt-Leyk-Sitida o’tkazilgan Qishki olimpiada o’yinlariga borib taqaladi.
Savol: O’sha iborada ishlatilgan familiyani yozib bering.
Javobni ko'rish

Bredberi (Bradbury)

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar