Zakovat savoli #29563
Uning adashi bir ishni amalga oshirganlar orasida birinchi bo‘lsa, familiyadoshi esa 1606 yilda Yangi Gvineya orolining janubiy qirg‘oqlarini va Marjon dengizini zabt etadi. Oradan 402 yil o‘tib uning o‘zi Yevropani zabt etilishda hal qiluvchi paytda asosiy rolni o‘ynaydi. Yana oradan 4 yil o‘tib, Yevropaning kichik yangi yerini to‘laqonli zabt etilishida u yana asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Uning kimligini toping?
Javobni ko'rish
Fernando Torres Izoh: Ismdoshi Fernando Magellan. Familiyadoshi esa Luis Vayes de Torres. Fernando Torres Yevropa chempionati finalidagi gol va Barselonani Nou Kampda (Yangi yer) mag‘lubiyatga uchratishdagi asosiy figuralardan biri bo‘lgan.