Zakovat savoli #29543
Isroilda jinoyatchilar katta o'g'irlikka qo'l urishadi. Ular yaxshi tayyorgarlik ko'rishgani uchun polisiya jinoyat joyidan na barmoq izini, na DNK izini topa olmaydi. Lekin jinoyatchilar bir xatolikka yo'l qo'yishadiki, bu xato matbuotda jinoyat haqidagi maqolada bir tarixiy qahramonning nomi maqola sarlavhasidan joy olishiga sababchi bo'ladi. Diqqat savol: Maqola sarlavhasida qaysi qahramon tilga olingan edi?
Javobni ko'rish
Axilles Izoh: Jinoyatchilardan biri ehtiyotsizlik qilib oyoq kiyimi izini qoldiradi. Bu esa matbuotda "Axilles tovoni" maqolasi chop etilishiga sabab bo'ladi.