Zakovat savoli #29518
Gnomeo va Julyetta multfilmida ikkita qo‘shnilar va ularning bog‘ida ishlaydigan gnomlarning o‘zaro munosabati aks etgan. Qo‘shnilardan birining familyasi Montekki, ikkinchisiniki Kapuletti bo‘lib, bir-birini yomon ko‘rishadi. Biri yoqtirgan narsani ikkinchisi yoqtirmaydi, bir-biridan xavfsirashadi. Kapuletti qizil rangni yoqtiradi. Uyi qizil rangga bo‘yalgan. xovlisiga lola ekilgan. Lola va maysalarda xonqizilar yuribdi. Qizil olmalar pishib yetilgan, hatto gnomlar ham qizil rangda. Bir kuni kechqurun Montekkining ko‘k gnomlari Kapulettining hovlisiga bostirib kirib, hovlini ostin-ustin qilishni rejalashtirishadi. Biroq bir muammoga duch kelishadi. Savol: ular qanday muammoga duch kelishgan edi?
Javobni ko'rish
Lazerli signalizatsiya Izoh: Savolda ular bir-biridan xavfsirashini aytib o‘tgan edik. Shu darajada xavsiraganki hatto signalizatsiya ham qo‘yib qo‘ygan. Odatda lazerlar qizil rangda bo‘lishini bilsangiz kerak