Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29498

Zakovat savoli #29498

Yil qadrini imtihonga kirishga tayorgarlik ko‘rayotgan abiturientdan so‘rang.
Oy qadrini o‘z vaqtidan oldin dunyoga keltirgan ona biladi.
Soat qadrini ushrashuvni kutayotgan sevishganlar biladi.
Daqiqa qadrini uyiga ketayotib, so‘nggi samolyotga kechikkan kishi aytsin.
Soniya qadrini avtomobil g‘ildiraklari tagida mo‘jiza tufayli o‘limdan qutulib qolgan kishi biladi.
Soniya ulushi qadrini esa ...??
Hurmatli bilimdonlar amerikalik psixologlar fikricha soniya ulushi qadrini qanday odamlar juda yaxshi biladi?
Javobni ko'rish

Olimpiada kumush medal sohibi Izoh: bir necha soniya ulushi deb 4 yilda bir bora o‘tkaziladigan olimpiada oltin medalidan quruq qolgan kumush medal sohiblari soniya ulushining qadrini juda yaxshi bilisharkan.

Boshqa savollar