Zakovat savoli #29489
Mashhur adib D.Defo asari qahramoni R.Kruzo kimsasiz orolga tushib qoladi. Dastlabki kunlari u yolg’izlik va umidsizlikdan nihoyatda zerikadi. U ushbu og’ir hissiyotni yengmoq uchun, bu g’ariblikning “yaxshi” va “yomon” tomonlarini qog’ozga tushiradi:
“YOMON”: 1. Men odam qadam bosmagan bir orolda sargardon bo’lib qoldim. Qutilish uchun hech umidim yo’q.
“yaxshi”:1. Hamrohlarim kabi dengizga g’arq bo’lishim mumkin ediyu, ammo, men tirik qoldim
“yomon”: 2. Men insonlardan ayriliqda qolgan bir miskin, odamlar dunyosidan quvg’in bo’lgan bir sahroyiman.
“yaxshi”: 2. Lekin, shunisi ham borki men ochlikdan o’lmadim va bu sahroda halok bo’lib ketmadim
"yomon”: 3. Kiyimlarim oz qoldi, va hademay qip-yalang’och qolaman
“yaxshi”: 3-?
Savol: Bu bandga ko’ra mos tushuvchi “yaxshi” tomonini ayting?

Javobni ko'rish
Lekin, bu yerning iqlimi issiq, kiyim boshsiz ham yashamoq mumkin. (manbaa: D.Defo. ”R.Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari”)