Zakovat savoli #29487
Amazonkada shunday baliqlar borki, ular hayvonlar organizmiga ulardagi tabiiy kirish-chiqish kanallari orqali kirib olib, chidab bo'lmas og'riq berishadi. M. S. ismli yozuvchi (men emasman) ning bir romanida kelajakdagi yuqori texnologiya davri yoritiladi va bir jinoyatnI qilganlarni akvariumga tashlab, o'sha baliqlar yordamida jazolash joriy qilinadi. Bunday jinoyatchilar hozir ham bor. Siz ularning jinoyatlari nima ekanini toping.
Javobni ko'rish
Kompyuter viruslarini yaratish. Izoh: kandir balig'ining organizmga kirib azob berishi bilan viruslarning vazifasi o'xshash, albatta. M.S. - Maykl Sarris.