Zakovat savoli #29454
Ingliz hazilkashlarining fikricha, Yer yuzida Adamning Evaga jannat bog’ida ishlatgan frazasi dastlabki ALFA hisoblanarkan.1987-yilda 100 ming so’zdan iborat dunyodagi eng uzun ALFA Ginnesga kirdi. Internetdan ALFA ni qidiraturib, xatolik yuz bersa, shunda ham ALFA ga misol ko’rishingiz mumkin. Savol: Biz nimani ALFA bilan almashtirdik?
Javobni ko'rish
Palindrom. Izoh: Adamning ilk frazasi “Madam, I’m Adam” bo’lgan ekan. Internetda xato yuz bersa 404 ni ko’ramiz, bu ham palindromning bir turi. P.s Palindrom-o'ngdan ham chapdan ham bir xil yoziladigan so'zlar Masalan: Aziza, Nodon