Zakovat savoli #29424
Bu sport turi XIX asrning oxirlarida yevropada paydo bo'lgan va tezda dunyoga tarqaldi. Olimpiada o'yinlari qatoriga kiruvchi bu sport turi "Qirollar o'yini " hisoblanarkan. Sababi bu sport turi bilan muntazam ravishda shug'allanish shifokorlar tomonidan ko'z uchun juda foydali sanaladi va bunga e'tiborsiz bo'lmagan yevropalik boy va mansabdorlar uni sevib o'ynashga odatlanishgan. Bu sportning kelib chiqishida bir nechta taxminlar mavjud. Dastlabki taxminga ko'ra Misrning Tanis shahrida kelib chiqqan sanaladi. Yana bir taxminga ko'ra oʻrta asrlarda bu oʻyinni besh kishidan, jami oʻn kishi oʻynagan va sportning hozirgi nomini shu bilan bog'lashadi. Fransuzchada mana ol ma'nosini anglatuvchi bu sport turini aniqlang?
Javobni ko'rish
Tennis Izoh: hozirda ikki yoki to‘rt kishi o'ynovchi tennisni o'rta asrlarda 10 kishi o'ynashgan va inglizcha tens o'nlab so'zidan kelib chiqqan deb qaraladi. Misrning Tanis shahrida ham tennisga o'xshash o'yinlar o'ynalgan. Fransuzchada esa tennis "tenez mana ol" ma'nosini berarkan.