Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29341

Zakovat savoli #29341

Graf Shaxovskiy va Gyote uchrashuvi haqidagi hikoya adabiyot ixlosmandlari orasida ancha mashhur. 1802-yili Myunxendagi mehmonxonalardan birida mashhur shoir grafni choyga taklif qiladi. Shaxovskiy dasturxonda choydan boshqanarsa yo‘qligini ko‘rgach, tortinib o‘tirmay, buterbrod va yog‘liroq yegulik buyurtma beradi. Olmon va rus adabiyoti haqidagi gurunglar juda maroqli kechadi. Ertasiga knyaz Shaxovskiy birholdan hayron qoladi: kechagi yeguliklar uchun uning nomiga hisob qog‘ozi keltirishadi. Chunki “ziyofat”dan so‘ng Gyote ortiqcha pul to‘lashni rad etadi.
Nima uchun Gyote rad etgan?
Javobni ko'rish

U knyazni faqatgina choyga taklif qilgan edi.

Boshqa savollar