Zakovat savoli #29330
Bu inson yoshligida yurishga qiynalib, keyinchalik tinmay yugurgani, bu unga yetmay kosmosga parvoz qilgani bilan mashhur. Keyinchalik qamoqxonada nazoratchisi bo'ldi. Samolyot boshqarib, halok bo'lishiga bir bahya qolgan edi. Diqqat savol : Bu inson kimligini topgan bo'lsangiz 2022-yilda uni qaysi ismda chaqirishganini "Oʻrgimchak odam" filmidagi sakkizoyoq doktor bilan adashtirmasdan yozib bering?
Javobni ko'rish
Otto Izoh : Savol matnida Tom Henks filmlariga ishora qilindi. "Forrest Gamp", "Apollon 13", "Yashil yo'lak" "Gudzon" va Tom Henksning 2022-yilda "Uni Otto deb chaqirishadi" filmi ekranlarga chiqdi. Aytgancha"Oʻrgimchak odam" filmidagi sakkizoyoq doktorning ismi ham Otto Oktavius edi. "Okta" sakkiz degani.