Zakovat savoli #29314
U aylanasi 2 metr keladigan bronza idishdan iborat. Asbobning siri devoriga 8 ta "ajdarho boshi" joylashtirilganligida. Har bir "ajdarho"ning og'zida shar bor. Idish ichiga esa mayatnik joylashtirilgan bo'lib, har bir "ajdarho boshi" unga tortib bog'langan. Vaqti-vaqti bilan qurilma harakatga kelgan va harakat qilgan tomondagi "ajdarho" og'zidan otilib chiqqan shar idish tagidagi o'rnatilgan og'zi ochiq 8 ta baqadan birining og'ziga kelib tushgan va kerakli natijani ko'rsatib bergan. Savol: Agar bu qurilma nimani aniqlaganini anglagan bo'lsangiz, hozirgi kunda bu qurilma nima deb atalishini toping?
Javobni ko'rish
Seysmograf. Izoh: Yer silkinishini aniqlaydigan birinchi asbob hisoblanadi.