Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29300

Zakovat savoli #29300

Agar "u"ni "yo'l" deb oladigan bo'lsak, undan yuruvchilarning ko'pchiligi bu "yo'l"ning oxiri zulmat va bo'shliq bilan tugashini bilishmaydi. Unga qadam qo'yuvchilarning "bahonalari" turli - tuman: kimdir bilmasdan, anglamasdan bajarsa,, yana kimdir boshqa birovning "qiynalishi" uchun qo'l uradi. Eng qizig'i, bunda hatto pivo, vino va yog'ni ham "sherik" qiladiganlar ham bo'lgan. Bunday "yomon niyat" lilarning ko'pchiligini ayollar tashkil etsada, "uddalaganlar" erkaklarda ko'proq. Qadimgi Yunonistonning ba'zi hududlarida esa bu "yo'l"ga qadam qo'ymoqchi bo'lganlar avval Senatga "ariza" yozishlariga to'g'ri ham kelgan ekan. Savol: bu "yo'l" nima?
Javobni ko'rish

O'z joniga suiqasd ("suiqasd" so'zi "yomon niyat" degan ma'noni anglatadi). Tarixda e'tiborni qaratish uchun vino yoki pivo to'ldirilgan flyagaga cho'ktirish, tomiriga yog' yuborish hollari ham uchragan.)

Boshqa savollar