Zakovat savoli #29273
X hayotimizdagi eng muhim narsalardan biridir, lekin shu bilan birga eng xavfli "zahar"lardan biri hamdir. Mayalarning fikricha, X ayol ilohning tanasidan yaralgan ekan. Eridan xafa bo'lgan iloh ummon qa'riga ketib qolganligi aytiladi. Qadimda X qimmatbaho hisoblangan bo'lsa, hozirda esa arzimas pulga sotib olish mumkin. X ni deb qo'zg'olonlar, hattoki urushlar ham bo'lganligi tarixdan ma'lum. U kashf qilinishidan avval X ning o'rniga kuldan foydalanishgan bo'lsa, ba'zi Afrika qabilalarida qon ham uning o'rnini bosgan .
Savol: X nima?
Savol: X nima?
Javobni ko'rish
X - tuz. Tuz ba'zi kasalliklarga da'vo bo'lishiga qaramay, turli kasalliklar sababchisi hamdir. Mayalar afsonalariga ko'ra esa o'lim ilohining xotini tanasidan paydo bo'lar ekan, u ummon qa'riga ketgani uchun ham okean suvi sho'r ekan.