Zakovat savoli #29267
X ning kelib chiqishi XIII asr Italiyaga borib taqaladi, Rossiyaga esa XVII asrda "tashrif buyurdi". Ukrainada esa hozirgi kunda 17 - raqam ostida turadi. Qadimgi rus folklorida esa X ayyorlik, ba'zida "yovuz kuch" va hattoki o'limni ifodalovchi personaj hisoblanadi. O'zbek tilida sinonimi bo'lsada, lekin X ni ishlatish hollarini ko'ramiz. Savol: X nima?
Javobni ko'rish
X- soldat. Izoh: soldat so'zi "soldo" (italyancha "tanga, pul") so'zidan olingan bo'lib, arzimas pul oladigan yollanma harbiylarni atashgan. Rossiyaga esa XVII asrning 30-yillarida kirib kelgan bo'lib, rus folklorida ayyor personajni ifodalaydi (wikipedia.org 2016). Ukrainaning Desna klubida Igor Vladimirovich Soldat ismli futbolchi 17-raqam ostida o'ynaydi