Zakovat savoli #29242
Yaqinda Kiril Marzolo va Sebastyan Feyer besh yilga professional faoliyatdan chetlashtirildi. Marzolo Feyerga yuborgan SMS xabarlarida oddiy koddan foydalangan. Har bir xabar to'rtta raqamdan iborat edi. Ushbu shifr bilan yozilgan "5254" [besh ming ikki yuz ellik to'rt] nimani anglatishini yozib bering?
Javobni ko'rish
e2-e4/e2e4 Izoh: Bu shaxmatta piyoda yurishi edi. Bilasiz e harfi ingliz alifbosida 5-harf.