Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #2922

Zakovat savoli #2922

XIX asr ikkinchi yarmiga kelib Britaniya poytaxtida aholi soni 2 millionga yetadi, bu esa shaharda transport muammosini keltirib chiqaradi. Shahardagi bu og‘ir vaziyat UNING qurilishi boshlanishiga zamin yaratdi. Londondagi olimpiada vaqtida finlandiyalik kurashchi Lennard Vitala U yerda adashib qolgani uchun, taqdirlash marosimini o‘tkazib yuboradi.
Savol: Savol matnida nazarda tutilgan obyektni alifboda ketma-ket joylashgan harflar bilan boshlanuvchi ikki so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

London Metropoliteni.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar