Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29211

Zakovat savoli #29211

Xalqimizning qalbida doimo musiqa, kuy-qo'shiq navolari jo'sh uradi. Shoshmaqom, Dugoh, Segoh, Buzruk... Xalqimizga juda ham tanish bo'lgan bir kuy borki, kuyning boshlanishi 4 raqami bilan bog'liq.
Savol: gap qaysi kuy haqida ketmoqda?
Javobni ko'rish

Madhiya Izoh: Shubhasiz, mamlakatimizdagi barcha musiqa bilan shug'ullanuvchi shaxslar intervallar haqida chuqur bilimga egadirlar va O'zbekiston Respublikasi madhiyasinining nota shaklidagi ifodasiga ko'p marotaba duch kelganlar. Ahamiyatli joyi shuki, har bir o'zini hurmat qilgan ijodkor milliy ramzidagi ilk intervalni yoddan bilishi tabiiy. Bu 4 ma'nosini anglatuvchi interval - kvarta deb nomlanadi va milliy madhiyamiz ham aynan shu intervaldan boshlanadi

Boshqa savollar