Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29209

Zakovat savoli #29209

Bilimdonlar faraz qiling yangi qonun chiqdi.
Unga ko'ra agar fuqaro o'rtacha kattalikdagi bir g'o'lani Yunusoboddan Sergeligacha olib boradigan bo'lsa unga 500 000 so'm pul mukofoti beriladi. Ammo bu qonundan keyin ko'pchilik bunga ishonmadi va bu ishga qo'l urmadi. So'ng yangi qonun bilan mukofot narxi 3 000 000 ga ko'tarildi. Shunda siz nima bo'lsa bo'lar deya bu ishga bel bog'ladingiz. Qiyinchilik bilan bo'lsada vazifani to'liq bajardingiz va xalqning ko'z o'ngida mukofot pulini sanab oldingiz.
Bunday qonunlar bugungi kunda chiqarilmasligi aniq. Ammo mil.av IV asrlarda yashagan Xitoy faylasufi Shan Yan tashabbusi bilan shunday qonun qabul qilindi.
Savol: qani aytingchi bunday g'o'lalarni tashish mamlakat uchun kerak bo'lmasa ushbu qonun nima sababdan qabul qilindi?
Javobni ko'rish

Xalqni qonunlarga ishontirish uchun Izoh: o'sha davrlarda xalq qonunlarga unchalik ishonmagan, qonunlar endi paydo bo'layotgan payt bo'lgan va shunday qonunni ijrosini ko'rsatish orqali odamlarni qonunga ishontirgan

Boshqa savollar