Zakovat savoli #2918
U haqida yevropaliklardan birinchilardan bo‘lib Marko Polo ma’lumot bergan. O‘rta asrlarda Xitoyda undan foydalanishni rad qilgan odam o‘lim jazosiga ham tortilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. U Rossiyada XVIII asrda paydo bo‘lgan va uzoq vaqtgacha Uni eksport va import qilish qat’iyan taqiqlangan edi.
Savol: Gap nima haqida ketmoqda?
Savol: Gap nima haqida ketmoqda?
Javobni ko'rish
Qog‘oz pul.